Mobiuz 2025 yilda 7600 dan ko‘proq tayanch stansiyalarini ishga tushirdi

Biznes

image

Mobiuz mobil aloqa operatori O‘zbekistonning barcha hududlarini qamrab olgan keng ko‘lamli texnologik modernizatsiya dasturini amalga oshirdi.

Raqamli rivojlanish

Yakunlanayotgan 2025 yil O‘zbekistonning yetakchi mobil aloqa operatorlaridan biri uchun texnologik rivojlanishda tub burilish yili bo‘ldi. Mobiuz respublikaning barcha hududlarida 900 dan ziyod yangi maydonchalarda texnik ob’ektlarini o‘rnatdi, 7600 dan ortiq tayanch stansiyalarini ishga tushirdi.

Eng ko‘p tayanch stansiyalari Qashqadaryo viloyati, Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Andijon viloyatlari va boshqa hududlarda ishga tushirildi.

To‘liq yangilanish va 5G

SWAP loyihasi doirasida Mobiuz Qoraqalpog‘iston va Xorazmda tarmoqlarini modernizatsiya qilish uchun 30 million dollardan ortiq mablag‘ yo‘naltirmoqda. Loyihaning birinchi bosqichi natijalariga ko‘ra, Mobiuz ushbu hududlarda mobil internet tezligi va tarmoqlar barqarorligi bo‘yicha yetakchiga aylandi. Buni Respublika telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish markazining mustaqil radiomonitoringi tasdiqladi. Bu hududlarda Mobiuz interneti tezligi 20-33 foizga, internet-trafik hajmi 34-36 foizga oshdi.

Shu yili Mobiuz O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib Farg‘ona vodiysi shaharlarida – Andijon, Namangan, Farg‘ona va Qo‘qonda 5G tarmoqlarini ishga tushirdi. Bugungi kunda 300 dan ortiq yangi avlod tayanch stansiyalari abonentlarga ishlash, ta’lim olish va hordiq chiqarish uchun yuqori tezlikdagi internetdan foydalanish imkoniyatini bermoqda.

Aqlli yechimlar, raqamli xizmatlar va ESG loyihalari

  • 2025 yilda Mobiuz ko‘plab yirik loyihalarni amalga oshirdi va yangi rivojlanish ko‘rsatkichlariga erishdi:
  • Mobiuz koll-markazida sun’iy intellektga asoslangan Moobina virtual operatori ishga tushirildi;
  • kompaniyaning raqamli ekotizimidan, shu jumladan Mobiuz mobil ilovasi va boshqa xizmatlaridan doimiy foydalanuvchilar soni 2 milliondan oshdi;
  • SIM-kartalarni sotishning muqobil kanallari (marketpleyslar va boshqalar) ishga tushirildi;
  • 28 GGs chastotada 5.5G texnologiyasining innovatsion namoyishi amalga oshirildi;
  • ofislarni avtonom va ekologik toza energiya bilan ta’minlash uchun quyosh fotoelektr stansiyalarini joriy etish davom ettirildi. Joriy yilda ular Yangiyo‘l, Jizzax va Guliston shaharlaridagi Mobiuz Xizmat ko‘rsatish markazlariga o‘rnatildi.

8 million abonent tanlovi

2025 yil Mobiuz uchun ulkan yutuqlar yili bo‘lib, texnologik yetakchilik va raqamli o‘zgarishlar bo‘yicha tanlangan yo‘lning to‘g‘riligini tasdiqladi. “Insonlarni birlashtirib, innovatsiyalar bilan kelajak sari" falsafasiga amal qilgan holda, kompaniya nafaqat tarmoq infratuzilmasini kengaytirdi va ilg‘or texnologiyalarni joriy etdi, balki zamonaviy yechimlar odamlarning haqiqiy ehtiyojlariga xizmat qiladigan ekotizimni yaratdi.

Bugun 8 milliondan ortiq abonent Mobiuz’ga nafaqat sifatli aloqani, balki O‘zbekistonning raqamli kelajagini yaratish imkoniyatini ham ishonib topshirmoqda. Infratuzilmaga kiritilgan sarmoyalar, innovatsion loyihalar va barqaror rivojlanish – bular Mobiuz mamlakat telekommunikatsiya sohasining kelajagini qurish uchun tayanch vazifasini o‘taydigan poydevordir. Kompaniya o‘z intilishlariga sodiq qolgan holda, insonlarni bog‘lash va har bir abonent uchun yangi imkoniyatlar yaratishni davom ettiradi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Mobiuz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing