“MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti Toshkentdagi filialiga direktor tayinlandi
Jamiyat
−
07 fevral 2019 3669 1 daqiqa
Alisher Yesbosinovich Sanetullayev Toshkent shahridagi Moskva muhandislik-fizika instituti milliy tadqiqot universiteti federal davlat avtonom oliy muassasasi filialining ijrochi direktori etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi.
Eslatib o‘tamiz, yadro energetikasi va issiqlik fizikasining tarmoqlari uchun muhandis-texnik kadrlarni tayyorlash Filialning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018 yilning 20 iyul kuni “Toshkent shahrida “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining filialini tashkil etish va uning faoliyatini tashkillashtirish to‘g‘risida”gi qarorni imzolagan edi.
Live
Barchasi