Misrdagi aeroportda qozog‘istonlik ayol halok bo‘ldi (video)
Olam
−
19 may 12708 1 daqiqa
Kecha, 18 may kuni Misrning Sharm ash-Shayx aeroportidagi uchish hududida reklama taxtasining qulab tushishi oqibatida Qozog‘iston fuqarosi halok bo‘ldi, yana ikki ayol jarohat oldi. Bu haqda Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Aybek Smadiyorovga tayanib, “Tengrinews” xabar berdi.
“Qozog‘istonlik sayyohlarning ustiga reklama banneri qulab tushdi. Ulardan biri og‘ir ahvolda edi. Tez yordam yetib kelganida u boshi qattiq jarohat olgani bois quloq va burunidan qon ketayotgan, hushsiz holatda yotgan edi. Ikkinchisi esa og‘ir lat yeb, shok holatida edi”, deya izoh bergan hodisa guvohlaridan biri.
Qayd etilishicha, halok bo‘lgan ayolning yaqinlari bilan aloqa o‘rnatilgan, jabrlangan ayollarga esa zaruriy tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
“Misr fuqaro aviatsiyasi vaziri ushbu hodisani shaxsan nazoratga oldi va hodisa joyiga zudlik bilan maxsus komissiyani yubordi. Hozirda voqea joyida tergov ishlari olib borilmoqda”, deyiladi vazirlik izohida.
Hodisa Qozog‘istonning Misrdagi elchixonasi tomonidan ham nazoratga olingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tailanddagi Pattayya shahrida o‘zbekistonlik ayol mehmonxonaning 6-qavatidagi balkondan qulab tushib, oqibatda og‘ir jarohat olgandi. Pattayya politsiyasi ayol 6-qavatda ikki do‘sti bilan mehmonxonada turganini aniqlagan. Ofitserlar ularni so‘roq qilmoqchi bo‘lgan, biroq ikkalasi ham mast holatda bo‘lgan.
Live
Barchasi