Misrda poyezd relsdan chiqib ketdi. Qurbonlar bor

Olam

image

Kecha, 7 mart kuni Qohira shimolida poyezd relsdan chiqib ketgan. Oqibatda kamida ikki kishi halok bo‘lgan va 16 kishi jarohatlangan.

Misr milliy temir yo‘llari bayonotiga ko‘ra, hodisa mahalliy vaqt bilan soat 19:20da sodir bo‘lgan. Poyezd semafor signaliga javob bera olmagan va bufer to‘siqqa urilgan. Buning oqibatida esa poyezdning bir qismi relsdan o‘tib ketgan. Yaradorlarga yordam berish uchun voqea joyiga 20 ga yaqin tez yordam mashinasi yetib kelgan.

Misr transport vaziri Kamel al-Vazir hodisaga nima sabab bo‘lganini aniqlash, aybdorlarni topish va yetkazilgan zararni qoplash uchun qo‘mita tuzishni buyurgan.

Misr Ijtimoiy birdamlik vazirligi esa hukumat halok bo‘lganlarning oilalariga 100 000 Misr funti (taxminan 3 254 dollar) miqdorida pul taklif qilishini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Gretsiyada yuk va yo‘lovchi poyezdlari to‘qnashib ketgan, oqibatda 57 kishi halok bo‘lgan edi. Falokatdan so‘ng mamlakatda norozilik namoyishlari avj olgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing