Misrda ichida turistlar bo‘lgan havo shari qulab tushdi (video)
Olam
−
19 iyul 2022
12213Kecha, 18 iyul kuni Misr janubidagi Luksor shahrida ichida sayyohlar bo‘lgan havo shari 60 metr balandlikdan quladi. Bu haqda mamlakat Fuqarolik aviatsiyasi vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, qadimgi Misr yodgorliklari ustidan sayyohlar uchun taklif etilayotgan dasturga kiritilgan havo sharlarining guruhli parvozi davomida 60 metr balandlikda taxminan 4 m/s shamol tezligida harakatlanayotgan sharlardan biri boshqa tomonga og‘ib ketgan. Natijad bortida 28 nafar sayyoh bo‘lgan shar yorilib, yerga qulagan.
Ikki kishi jarohatlangan va ular mutaxassislar tomonidan ko‘rikdan o‘tkazish uchun shifoxonaga yetkazilgan. Voqea munosabati bilan, Fuqarolik aviatsiyasi ma’muriyati mutaxassislar tomonidan hodisa tekshirilgunga qadar barcha havo sharlarining parvozlari to‘xtatilgan.
Aytish joizki, 2013 yilning fevralida Misrda havo sharlari bilan sayohat qilish tarixidagi eng dahshatli fojia ham Luksorda sodir bo‘lgandi. Bortida xorijliklar bo‘lgan shar havoda yonib ketgan va 300 metr balandlikdan yerga qulagan.
Buyuk Britaniya, Vengriya, Xitoy, Fransiya va Yaponiyadan kelgan 19 nafar sayyoh, shuningdek bir misrlik halok bo‘lgan. Misrlik uchuvchi va britaniyalik sayyoh omon qolgan. Yong‘inga gaz ballonlaridan birining portlashi sabab bo‘lgan.
LiveBarchasi