Misrda 3 kilometrlik iftorlik dasturxoni yozildi
Olam
−
02 iyun 2019
6758Eng uzun iftorlik dasturxoni Misrning Qohira shahridan 10 kilometr uzoqlikdagi shaharchada tashkil etilgan va unda “Ginness" rekordlar kitobi vakillari ham ishtirok etgan.
Shaharning markaziy ko‘chasida yetti ming kishilik 3 qatordan iborat 3 kilometrlik iftorlik dasturxoni yozilgan.
Mehmonlarga Misr milliy taomlari, yengil hazm bo‘ladigan suyuq ovqatlar, choy, non, suv go‘sht, guruch va makaronli ovqatlar tortilgan.
Ushbu iftorlik dasturxoni Ginnesning rekordlar kitobidan rasman joy olgan.
LiveBarchasi