Misr elchisi O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlayapti
Jamiyat
−
18 Sentabr
2488Misrning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Amira Fahmiy mamlakatdagi diplomatik missiyasini yakunlayapti. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Telegram-kanalida xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 18 sentyabr kuni diplomatik missiyasini yakunlayotgan Misrning O‘zbekistondagi elchisi Amira Fahmiy bilan xayrlashuv uchrashuvi o‘tkazilgan.
“So‘nggi yillarda ikki tomonlama munosabatlardagi sezilarli ijobiy sur’atni alohida ta’kidlashdan mamnunmiz. Elchi xonimga davlatlarimiz o‘rtasidagi aloqalarni boyitishga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildirib, kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz” deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchisi diplomatik missiyasini yakunlagani haqda xabar berilgandi.
LiveBarchasi