Mishustin Mirziyoyev qabulida bo‘ladi
Jamiyat
−
10 Sentabr
4429Bugun, 10 sentyabr kuni Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin Toshkentga tashrifini davom ettiradi. Rasmiy tashrifning ikkinchi kuni dasturidan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qabulida bo‘lish o‘rin olgan. Bu haqda TASS xabar berdi.
Qayd etilishicha, Prezident Rossiya Bosh vazirini O‘zbekiston Respublikasi Senati binosida qabul qiladi.
Ushbu uchrashuv oldidan Rossiya hukumati rahbari o‘zbekistonlik mavqedoshi Abdulla Aripov bilan qizg‘in ish kuni o‘tkazdi. Ular birgalikda Toshkent texnoparki va G‘alaba bog‘i yodgorlik majmuasiga bordi, shuningdek, Rossiya va O‘zbekiston hukumat rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiyaning navbatdagi, beshinchi yig‘ilishini o‘tkazdi.
Umuman olganda, Mishustinning tashrifi Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning 26-28 may kunlari O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishni davom ettirish, ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan.
LiveBarchasi