Mish’al as-Saboh rasman Quvayt Amiri bo‘ldi
Olam
−
20 dekabr 2023
4661Quvayt davlatining yangi Amiri Mish’al al Ahmad al-Jobir Milliy Assambleya oldida qasamyod qildi va rasman mamlakat rahbari bo‘ldi. Bu haqda Quvayt televideniyesi xabar berdi.
“Xalqimizning erkinligi va manfaatlarini himoya qilish, davlatimiz zaminida tinchlik o‘rnatish yo‘lida xizmat qilishga qasamyod qilaman”, degan Quvaytning yangi rahbari.
Avvalgi amir shayx Navaf al-Ahmad al-Jobir as-Saboh 2020 yil sentyabridan beri Quvayt taxtini egallab turgan edi va joriy yilning 16 dekabr kuni 86 yoshida vafot etgani haqida xabar bergandik.
Mish’al al Ahmad al-Jobir as-Saboh 1940 yil 27 sentyabrda Shayx Ahmad I va uning rafiqasi Maryam Malit al-Huvayla oilasida tug‘ilgan. U butun umri davomida ichki ishlar tizimidagi turli lavozimlarda ishlagan.
Amir sifatida u avvalgi hukmdorlarning tashqi siyosatiga rahbarlik qilishda davom etishi va Quvaytning qo‘shnilari bilan aloqalarini mustahkamlashi kutilmoqda. Mamlakat ichida Mish’al as-Saboh ijro etuvchi va qonun chiqaruvchi hokimiyat tarmoqlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yaxshilashni rejalashtirgan.
LiveBarchasi