Mirzo Ulug‘bek ko‘chasining bir qismi vaqtincha yopiladi

Jamiyat

image

Toshkent shahrida kuzatiladigan yog‘ingarchilik oqibatida hududlarda suv to‘planib qolishining oldini olish maqsadida drenaj tizimlarini reja asosida yangilash va ta’mirlash ko‘zda tutilgan.

7 iyun kuni Mirzo Ulug‘bek ko‘chasining Parkent va Sultonali Mashhajiy ko‘chalari  kesishgan qismidan Sultonali Mashhadiy ko‘chasi bo‘ylab drenaj quvurlari yangilanishi rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan yo‘lning mazkur qismi 7 iyun kuni soat 23:00dan ertalab soat 06:00gacha bo‘lgan vaqt davomida yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

60

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar