Putin ginalarga qaramay Lukashenkoni qutladi

Olam

image

Avvalroq, Belarusda o‘tkazilgan prezidentlik saylovida amaldiga davlat rahbari Aleksandr Lukashenko katta farq bilan g‘oli bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

Markaziy saylov komissiyasining rasmiy axboroti e’lon qilinishi bilan Lukashenkoga davlatlar rahbarlaridan tabriklar kela boshladi.

Birinchilardan bo‘lib Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin Aleksandr Lukashenkoni qutladi. Undan keyin Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev tabrik yo‘lladi. Jumladan, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham Belarusga tabrik yo‘lladi.

Lukashenko katta akam deb atagan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ham o‘zaro munosabatlardagi keskinlikka qaramay, Belarus rahbarini qayta saylangani bilan tabrikladi. Xususan, Putinning tabrigida shunday deyilgan:

“Sizning siyosiy faoliyatingiz Rossiya-Belarus munosabatlarining har sohada rivojlanishiga xizmat qiladi, degan umiddaman. Ittifoqchi davlat kelishuvi, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi, MDH hamda Jamoaviy xavfsizli to‘g‘risidagi shartnoma tashkiloti doirasida hamkorlikgimiz yanada chuqurlashishiga ishonaman.

Bu shubhasiz, Rossiya va Belarusning qardosh xalqlari manfaatiga javob beradi”.

Ma’lumot uchun, saylovda Lukashenko 84,23 foiz, uning eng yaqin ta’qibchisi Svetlana Tixanovskaya 9,9 foiz ovoz to‘pladi. Saylovda qatnashganlarning 6,02 foizi hech bir nomzodni qo‘llab-quvvatlamadi.

Shu tariqa 26 yildan beri davlatni boshqarayotgan Lukashenko yangi muddatga saylandi.

Ammo kecha, 9 avgust kuni Lukashenko saylovda g‘alaba qozongani haqidagi xabar tarqalishi bilan Minskda namoyishlar bo‘lib o‘tdi. Odamlar va kuchishlatar tuzilma xodimlari o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘ldi. Noroziliklar vaqtida bir odam halok bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

135

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing