26 yanvar kuni O‘zbekistonda havo harorati tushib ketadi
Jamiyat
−
25 yanvar 2020
10378Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 26 yanvar kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir va qor yog‘adi. Harorat kechasi 2-0 daraja sovuq, kunduzi 0-2 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Tuman tushadi. Harorat kechasi 8-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Tuman tushadi. Harorat kechasi 5–0 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir va qor yog‘adi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Tuman tushadi. Harorat kechasi 5–0 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, qor va yomg‘ir yog‘adi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
LiveBarchasi