O‘zbekistonda daraxt yordamida aholi arzon yoqilg‘i bilan ta’minlanishi mumkin

Jamiyat

image

Avvalroq, Vazirlar Mahkamasining “Respublikada tez o‘suvchi va sanoatbop Pavlovniya daraxti plantatsiyalarini barpo qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror loyihasi e’lon qilingani haqida xabar bergan edik.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Asalarichilari uyushmasi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi asal yetishtiruvchilari va pavlovniya plantatsiyalarini barpo qilishni amalga oshirgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni o‘zaro hamkorligini tashkil etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi va O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi bilan birgalikda pavlovniya daraxtlarini plantatsiyalarini tashkil etish bo‘yicha loyiha takliflarini ishlab chiqib, xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlarning mablag‘larini jalb etadi.

O‘zbekiston Respublikasi “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi qurilish materiallari sanoatida yog‘och va yog‘och-qirindi xom-ashyosi sifatida pavlovniyani ishlatish imkoniyatlarini xorijiy innovatsion tajribasini o‘rganib chiqib, o‘rganishlar natijasida ishlab chiqaruvchilarga mahsulotni yetishtirish muddati va hajmlaridan kelib chiqib buyurtma berish bo‘yicha buyurtmalar portfelini shakllantirib boradi.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi respublikada mebel va qurilish sanoatida, energetika, tibbiyot hamda obodonlashtirishda pavlovniyani keng qo‘llash bo‘yicha talab va taklifni o‘rganib chiqib, sohalar kesimida pavlovniya xom-ashyosiga bo‘lgan talabni hamda qo‘shilgan qiymat hosil qiluvchi tayyor mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha texnologik jarayonlarini (TEO) ishlab chiqadi.

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi:

•  ikki oy muddatda pavlovniya hamda uning chiqindilaridan yoqilg‘i mahsuloti sifatida foydalanish imkoniyatlarini, aholini va sanoatni arzon yoqilg‘i mahsulotlariga bo‘lgan talabini aniqlash;

•  elektr energiyasi ishlab chiqarishda yoqilg‘i sifatida pavlovniya chiqindilaridan pellet va briketlar ishlab chiqarishni tashkil qilish bo‘yicha dastur ishlab chiqadi.

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi pavlovniya daraxti plantatsiyalarini barpo qilish, ko‘chatlarini yetishtirish, undan qurilish materiallari va mebel sanoatida yog‘och va yog‘och-qirindi xom-ashyosi sifatida, energetikada, tibbiyotda hamda obodonlashtirishda foydalanish muammolari bilan bog‘liq fundamental, amaliy, ilmiy-tadqiqot va innovatsion ishlanmalarga belgilangan tartibda grantlar yo‘naltiradi.


Maqola muallifi

Teglar

daraxt qaror loyihasi

Baholaganlar

173

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing