Mirziyoyevning Yaponiyaga tashrifi qachonligi ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
20 Sentyabr 2019 5825 1 daqiqa
Joriy yilning iyul oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti shavkat Mirziyoyev Yaponiyaga borishi haqida xabar bergan edik. Ma’lum qilinishicha, Prezidentning Yaponiyaga tashrifi shu yilning dekabr oyiga mo‘ljallanmoqda.
Yaponiyada bo‘lib o‘tadigan oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralar keng ko‘lamli o‘zaro manfaatli hamkorlikni sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqishga xizmat qilishiga ishonch bildirilmoqda.
Ayni vaqtda O‘zbekiston energetika, geologiya-qidiruv, avtomobil sanoati, transport, telekommunikatsiyalar, infratuzilmani modernizatsiya qilish, fan, ta’lim, turizm va boshqa sohalarda Yaponiya kompaniya va banklari bilan hamkorlik qilib kelmoqda.
Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) bilan hamkorlik sezilarli darajada faollashib, uning doirasida mamlakatda energetika, transport, telekommunikatsiya, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarida ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalar amalga oshirilmoqda.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr