Mirziyoyevning Tojikistonga tashrifi sanasi aniq bo‘ldi
Jamiyat
−
30 aprel 2021 12195 1 daqiqa
Avvalroq, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev iyun oyining birinchi yarmida Tojikistonga tashrif buyurishi haqida xabar bergan edik.
O‘zbekiston rahbarining qo‘shni davlatga tashrifi 12-14 iyunga mo‘ljallangan. Bu haqda Tojikistonning "Aziya-plyus" nashri xabar berdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Dushanbega iyun oyidagi tashrifi yakunida energetika, transport, savdo-sotiq, investitsiyalar, xavfsizlik, ta’lim va madaniyat sohalarida 30 ga yaqin hukumatlararo bitimlar imzolanishi kutilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga tashrifi bo‘yicha O‘zbekiston tomoni rasmiy ma’lumot berganicha yo‘q.
Diyora Abdurahmonova
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr