Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi yakunlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 26 dekabr kuni Sankt-Peterburg shahrida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin tashabbusi bilan o‘tkazilgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etdi.

Yetakchilar joriy yilgi hamkorlik yakunlarini sarhisob qilib, 2023 yil uchun ustuvor vazifalarni muhokama qildilar. Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Bugun, 27 dekabr kuni Prezident Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlari bilan birgalikda Sankt-Peterburgdagi Davlat rus muzeyiga tashrif buyurdi. Bu yerda mehmonlar muzey to‘plamidagi eksponatlar va san’at asarlari bilan tanishdi hamda norasmiy uchrashuv o‘tkazdi.

Shu bilan davlat rahbarining amaliy tashrifi yakunlandi, u “Pulkovo” xalqaro aeroportidan Toshkentga jo‘nab ketdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

179

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing