Mirziyoyevning mart-aprel oyida Rossiyaga borishi haqidagi xabar rad etildi
Jamiyat
−
05 fevral 2021
3948O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mart-aprel oylarida Rossiya Federatsiyasiga tashrif bilan borishi haqidagi xabarlar rad etildi. Bosh vazir Abdulla Aripovning matbuot xizmati vakili Bekzod Hidoyatov Facebook`dagi sahifasida noaniq xabar tarqatilganini ma’lum qildi.
Hidoyatovga ko‘ra, Abdulla Aripov va RF Bosh vaziri Mixail Mishustin uchrashuv davomida davlat rahbarlarining emas, Hukumat rahbarlari darajasidagi uchrashuvni muhokama qilgan.
“Uchrashuvda xabarlarda aytilganidek mart-aprel oylarida Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning Moskvaga tashrifi emas, Hukumat rahbarlari darajasida Qo‘shma komissiyaning navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazish masalasi muhokama qilingan”, deya aniqlik kiritgan Bosh vazir Matbuot xizmati vakili.
Ma’lumot uchun, Abdulla Aripov hozirda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining hukumatlararo kengashida ishtirok etish uchun Olma-ota shahrida bo‘lib turibdi.
LiveBarchasi