Mirziyoyevning maxsus vakili Saudiya TIV rahbariga “sim qoqdi”

Olam

image

O‘zbekiston Prezidentining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Komilov Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vaziri Faysal bin Farxon bin Abdullohga qo‘ng‘iroq qildi. Bu haqda Saudiya Arabistoni TIV xabar berdi.

Telefon muloqoti chog‘ida ikki tomonlama munosabatlar va ularni ikki qardosh davlatning intilishlariga xizmat qilish uchun barcha sohalarda mustahkamlash yo‘llari ko‘rib chiqilgan.

Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro voqealardagi so‘nggi o‘zgarishlar hamda tomonlarni qiziqtirgan mavzular muhokama qilingan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 29 iyul kuni SHHTga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida O‘zbekiston Tashqi ishlar vazir v.b. Vladimi Norov tashkilotning sentyabrda Samarqandda o‘tadigan sammitida kimlar ishtirok etishi haqida ma’lumot berib, a’zo mamlakatlar vakillariga Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saudni bo‘lajak yig‘inda ishtirok etishga taklif etish haqidagi O‘zbekiston taklifini qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

143

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing