Mirziyoyevning Qirg‘izistonga borish sanasi ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
25 aprel 2022
10300O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yil 26 may kuni Qirg‘izistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov “Kabar” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev 26 may kuni Qirg‘izistonga tashrif buyuradi. Shu kunning ikkinchi yarmida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashrif bilan keladi. 27 may kuni Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo barcha davlatlar Prezidentlari keladi. Bizga birorta ham Prezident kelmadi, deganlarga murojaat qilaman – sabr qiling, hamma keladi”, deydi Qirg‘iziston rahbari.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning may oyi oxirida Qirg‘izistonga borishi aytilgan edi.
Ma’lumot uchun, YeOII davlat rahbarlarining navbatdagi kengashi Issiqko‘lda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Sammit doirasida “katta iqtisodiy forum” o‘tkaziladi.
Iqtisodiy ittifoqqa Rossiya, Belarus, Armaniston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston kiradi. O‘zbekiston 2020 yil dekabr oyida kuzatuvchi-davlat maqomini oldi.
LiveBarchasi