Mirziyoyevning Bryusselga tashrifi rejalashtirilmoqda 

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Belgiya poytaxti Bryusselga tashrif buyurishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Yevropa kengashi Prezidenti Sharl Mishelning davlat rahbariga yo‘llagan maktubida so‘z boradi. 

“Hurmatli Prezident janoblari, mamlakat yetakchisi sifatida Sizga ushbu tabrik maktubini yo‘llar ekanman, yaqin kelajakda Bryusselga rejalashtirilayotgan tashrifingiz doirasida Siz bilan uchrashamiz, deb umid bildiraman”, deya qayd etgan Yevropa kengashi Prezidenti.

Qayd etish kerakki, Yevropa kengashi Prezidenti O‘zbekiston mustaqilligining o‘ttiz yillik bayrami bilan muborakbod etgan.

Shuningdek, Sharl Mishel o‘z maktubida Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarni yangi, faol hamkorlik bosqichiga ko‘tarish niyatida ekanini qayd etgan.

“Shuni hisobga olib, men Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha yangi tayinlangan Maxsus vakili, elchi Terxi Xakaladan uning O‘zbekistonga tashrifi doirasida muhim sohalardagi mintaqaviy va ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish imkoniyatlarini hukumatingiz bilan muhokama qilishni so‘radim”, deya yozadi Mishel


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

143

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing