Mirziyoyevning Administratsiyasi Putin qanday xabarni yetkazganini ochiqladi

Jamiyat

image

Bugun, 24 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati xabar berdi.

Aytilishicha, Prezident Vladimir Putin Mirziyoyevga Rossiyadagi vaziyat to‘g‘risida ma’lumot bergan.

Shuningdek, Ikki tomonlama va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar ham muhokama qilingan.

Avvalroq, Vladimir Putin Belarus va Qozog‘iston Prezidentlariga ham qo‘ng‘iroq qilib, ularni Rossiya ichidagi hozirgi vaziyatdan xabardor qilgan edi. 

Eslatib o‘tamiz, bugun, 24 iyun kuni “Vagner” jangchilari Rostovdagi Janubiy harbiy okrug shtab-kvartirasini egallab olgandi. Moskvada ham xavfsizlik choralari kuchaytirildi. Buning ortidan Rossiya Mudofaa vazirligi “Vagner” hujum otryadlari jangchilariga, Prezident Vladimir Putin esa rossiyaliklarga murojaat bilan chiqdi. O‘zbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi Rossiyada bo‘lib turgan fuqarolarini ogohlantirdi.

Shuningdek, Rossiya Xavfsizlik kengashi raisining o‘rinbosari Dmitriy Medvedev va uning oilasi Moskvadan evakuatsiya qilingani, Putin ham vertolyotda Novogorodning Valday shahriga ketgan bo‘lishi mumkinligi aytilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Vladimir Putin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing