Mirziyoyevni Mo‘g‘uliston rahbari va uning rafiqasi kutib oldi
Olam
−
24 iyun 2025 14022 1 daqiqa
Davlat tashrifi bilan Mo‘g‘ulistonda bo‘lib turgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbari va rafiqasini Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux rafiqasi bilan kutib olgan.
Suxe-Botir maydonida oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortgan.
Harbiy orkestr ijrosida ikki davlat madhiyalari yangragan.
Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutlagan.
Marosimdan so‘ng O‘zbekiston Prezidenti Mo‘g‘uliston Davlat saroyidagi Faxriy mehmonlar kitobida qayd yozib qoldirgan.
Birgalikda suratga tushilgach, oliy darajadagi muzokaralar boshlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 24 iyun kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi doirasida rafiqasi bilan birga Mo‘g‘ulistonga yetib borgan edi. Bu tashrif O‘zbekiston bilan Mo‘g‘uliston o‘rtasida 1992 yilda diplomatik munosabatlar o‘rnatilganidan beri ilk bor o‘tayotgan oliy darajadagi tashrif bo‘ladi. Bildirilishicha, tashrif javob xarakteriga ega, chunki 2024 yilda Mo‘g‘uliston Prezidenti O‘zbekistonga tashrif buyurgan edi. Uchrashuvlar chog‘ida Shavkat Mirziyoyev va Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux 14 ta shartnoma va ikki tomonlama hujjatlarni imzolagandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025