Mirziyoyevni Erdo‘g‘an ham tabrikladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan 2 may kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotida keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish va amaliy hamkorlikning ustuvor loyihalarini ilgari surish masalalari  ko‘rib chiqildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.

Turkiya yetakchisi Mirziyoyevni Konstitutsiya islohoti bo‘yicha umumxalq referendumi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan samimiy qutlab, qardosh O‘zbekiston xalqiga farovonlik, taraqqiyot va ravnaq tiladi.

Suhbatda O‘zbekistonda Turkiyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokidagi ustuvor investitsiya loyihalarini jadal amalga oshirish muhimligi qayd etildi.

Strategik sheriklik kengashining navbatdagi yig‘ilishiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.

Muloqot yakunida O‘zbekiston rahbari Turkiya yetakchisiga joriy yilning may oyi o‘rtasida bo‘lajak Prezident saylovida muvaffaqiyatlar tiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing