Mirziyoyevlar oilasidan Karimovlargacha... Referendumda elitadan kimlar qatnashdi? (fotoreportaj)

Jamiyat

image

Bugun, 30 aprel kuni soat 08:00 dan O‘zbekistonning barcha hududlarida referendumda ovoz berish jarayonlari boshlandi. Ushbu referendumda davlat rahbari, Senat raisi va Parlament vakillari, Bosh vazir va hukumat a’zolari, Administratsiya rahbari va o‘rinbosarlari, vazirlar, hokimlar va boshqa mansabdorlar ham ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oila a’zolari bilan birga Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 59-referendum uchastkasiga tashrif buyurib, ovoz berdi.

Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva Yakkasaroy tumanidagi 567-sonli referendum uchastkasida ovoz berdi.

O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov oila a’zolari bilan birga Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 522-referendum uchastkasiga ovoz berish uchun bordi.

Prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqov ham ovoz berish jarayonlarida qatnashdi.

Shuningdek, Prezident administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari Komil Allamjonov ham referendumda ovoz berdi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi qonunida belgilangan talablar asosida ovoz berdi. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev ham referendumda ishtirok etib, ovoz berdi.

O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning turmush o‘rtog‘i Tatyana Karimova va nabirasi Maryam Tillyayeva referendumda ishtirok etdi.

Madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov referendumda ishtirok etib, ovoz berdi.

Bundan tashqari, Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov Samarqand shahridagi 42-umumiy o‘rta ta’lim maktabida joylashgan 144-referendum uchastkasiga borib, ovoz berdi. Shuningdek, referendumda Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov ham ovoz berdi.

Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev qizlari va turmush o‘rtog‘i bilan birgalikda referendumda ovoz berish uchun ishtirok etdi.
Ushbu referendumda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ham o‘z ovozini berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Tanzila Norboeva Shavkat Mirziyoev Abdulla Aripov referendum

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing