Mirziyoyeva, Ivanka Tramp va Tereza Mey Dubayda bir davrada yig‘iladi
Jamiyat
−
14 fevral 2020
14187O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich qizi – Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva joriy yilning 16-17 fevral kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida bo‘lib o‘tadigan yirik forumda ishtirok etadi. U forumda O‘zbekistonda gender tengligini ta’minlash komissiyasi nomidan qatnashishi aytilmoqda.
“Shu yilning 16-17 fevral kunlari O‘zbekistonda gender tengligini ta’minlash komissiyasi a’zosi Saida Mirziyoyeva Dubay amirligi shayxi Manal bint Muhammad ben Rashid Al Maktum zoti oliylari taklifiga binoan Dubayda o‘tkaziladigan Butunjahon ayollar forumida ishtirok etadi”, deyiladi tarqatilayotgan xabarlarda.
Qayd etilishicha, forumga taklif etilgan mehmonlar orasida AQSH Prezidenti Donald Trampning qizi Ivanka Tramp, britaniyalik taniqli siyosatchi, sobiq Bosh vazir Tereza Mey kabi dunyoning nufuzli ayollari ham bor.
Forumda Saida Mirziyoyeva O‘zbekistonda gender tengligini ta’minlash borasida olib borilayotgan islohotlar haqida ma’ruza qiladi.
Forumga 87 mamlkatdan 3000 ga yaqin delegat, 100 ta ma’ruzachi, Xalqaro Valyuta Fondi, Jahon Banki, BMT va PROON kabi tashkilotlar vakillari taklif qilingan.
LiveBarchasi