Mirziyoyev jurnalistlarni bayram bilan tabrikladi

Jamiyat

image

Bugun, 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan O‘zbekiston Resrublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev soha vakillariga tabrik yo‘lladi. 

Prizident tabrigida sohada amalga oshirilayotgan islohotlarga alohida e’tibor qaratilgan. Hozirgi kunda mamlakatda 2140 ta yoki 2016 yilga nisbatan 626 ta ko‘p ommaviy axborot vositasi faoliyat yuritayotgani va ularning 65 foizi nodavlat media vositalari ekani urg‘ulangan. 
Shuningdek, an’anaviy nashrlar bilan birga internet nashrlar ham jadal rivojlanib, ularning soni 745 taga yetgani va o‘quvchilar ommasini tobora ko‘proq o‘ziga jalb etayotganini qayd etilgan. 

Bundan tashqari, tabrikda ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ushbu soha uchun uch yil muddatga daromad solig‘i bo‘yicha imtiyozlar berilgani eslatib o‘tilgan.

Shu bilan birga, hozirgi vaqtda yer yuzining turli burchaklarida yuz berayotgan, barchamizni tashvish va xavotirga solayotgan voqealarni hisobga oladigan bo‘lsak, global dunyoda axborotlashuv jarayonlarining tahdidli jihatlari ham borligi va ular tobora kuchayib borayotganiga e’tibor qaratilgan.

“Dunyoning ayrim mintaqa va hududlarida ommaviy axborot vositalari muayyan siyosiy kuchlar qo‘lida informatsion urushni avj oldirishga, jamoatchilik fikrini chalg‘itishga, oqni – qora, qorani – oq deb ko‘rsatishga xizmat qilayotganini afsus bilan qayd etishga to‘g‘ri keladi”, deyiladi Prezident tabrigida.

Shuningdek, Prezident jamiyat hayotida uchrayotgan kamchilik va muammolarni bartaraf etish, byurokratiya va korrupsiya kabi illatlarga qarshi kurashishda, jurnalist va blogerlar, ayniqsa, milliy media makoniga yangi g‘oya va tashabbuslar bilan kirib kelayotgan yoshlarga tayanishini bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston Prizident

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing