Mirziyoyev Zelenskiyga tabrik yo‘lladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyni Ukraina mustaqillik kuni bayrami bilan tabrikladi. Zelenskiy X ijtimoiy tarmog‘idagi sahafasida O‘zbekiston Prezidentining tabrik xatini e’lon qildi.

“Ukrainaning milliy bayrami — Mustaqillik kuni munosabati bilan sizni va butun Ukraina xalqini samimiy muborakbod etaman. Ishonchim komilki, davlatlarimiz o‘rtasidagi an’anaviy do‘stlik va uzoq muddatli hamkorlik tamoyillariga asoslangan aloqalar kelgusida ham xalqlarimiz umumiy manfaatlari yo‘lida rivojlanib boraveradi. Fursatdan foydalanib, sizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, mas’uliyatli faoliyatingizda muvaffaqiyatlar, ukrain xalqiga esa tinchlik-omonlik va farovonlik tilab qolaman”, deyiladi tabrikda.

Ukraina yetakchisi esa tabrik uchun Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirgan.

“Ishonchim komilki, davlatlarimiz bundan buyon ham Ukraina va O‘zbekistonning do‘stligi farovonligi yo‘lida samarali hamkorlikni rivojlantirib, ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlab boraveradi”, deb yozgan Prezident Zelenskiy.

Ma’lumot uchun, 24 avgust – Ukrainada Davlat mustaqilligi kuni hisoblanadi. Bu bayram 1991 yil 24 avgustda Ukraina Oliy Radasi qabul qilgan “Mustaqillik deklaratsiyasi”ga asoslangan. Unda Ukraina SSSR tarkibidan chiqib, mustaqil davlat deb e’lon qilingan. Har yili 24 avgust Ukrainada asosiy milliy bayram sifatida nishonlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston Ukraina mustaqillik kuni Vladimir Zelenskiyni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing