Mirziyoyev YeOII kengashida Toshkentdan qatnashadigan bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi kengashi yig‘ilishida videokonferensaloqa orqali ishtirok etadi. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining tor doiradagi majlisida ma’lum qildi. 

Uning aytishicha, bugun, 25 may kuni yig‘ilish qatnashchilari tor doirada fikr almashadi, so‘ngra kengaytirilgan tarkibda uchrashuv davom etadi.

“Unda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ham videokonferensaloqa orqali ishtirok etadi. Ayni paytda u muhim, yuqori darajadagi ichki siyosiy jarayonlarni olib bormoqda. Shaxsan qatnashmayotgani uchun uni to‘g‘ri tushinishingizni so‘radi. Shunga qaramay u ishtirok etadi”, degan Putin.

Shuningdek, Putin kengaytirilgan tarkibdagi yig‘ilishda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev qatnashishini, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon esa videokonferensaloqa orqali ishtirok etishini bildirgan.

Ma’lumot uchun, hozirda uchrashuvda Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan, Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov va Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi hay’ati raisi Mixail Myasnikovich ham ishtirok etmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Moskvaga borgan edi. U Putin vositachiligida Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan muzokara o‘tkazishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Putin Mirziyoev EOII

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing