Mirziyoyev yangi onkologiya markazi loyihasi bilan tanishdi

Jamiyat

image

Bugun, 30 yanvar kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga yangi onkologiya tibbiyot markazi qurish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Bu haqda qator loyihalar bo‘yicha o‘tkazilgan taqdimot vaqtida aytib o‘tilgan.

Ma’lum qilishicha, markaz binosi 10 qavatli, 650 o‘rinli bo‘ladi. 16 ta jarrohlik xonasi, 45 bemorga mo‘ljallangan reanimatsiya xonasi, davolash va tashxis bo‘limlarini o‘z ichiga oladi. Shuningdek, kuniga 100 kishiga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega statsionar faoliyat yuritadi. Bugungi kunda binoning poydevorini tayyorlash boshlangan.

Prezident Mirziyoyev markazni zamonaviy uskunalar bilan jihozlash, bunda xorijiy investitsiyalardan samarali foydalanish, kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili may oyi o‘rtalarida Prezident Shavkat Mirziyoyev Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga borgandi.

Prezident markazning hozirgi imkoniyatlari yetarli emasligini ta’kidlab, Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasining bo‘sh turgan hududida Respublika onkologiya markazining yangi binolarini barpo etish bo‘yicha topshiriq bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

onkologiya

Baholaganlar

201

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing