Mirziyoyev Viktor Orbanga o‘zi so‘zboshi yozgan venger yozuvchisining asarini sovg‘a qildi
Jamiyat
−
30 mart 2021
3821Bugun, 30 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanga vengriyalik yozuvchi Aran Yanoshning asarini sovg‘a qildi.
“O‘zbekistonda azaldan tarixiy ildizlari mushtarak, mehnatkash va oliyjanob venger xalqiga hurmat ko‘rsatib kelishadi. Biz o‘tmishda yurtimizga safar qilgan venger olimlari va sayyohlari, xususan, mashhur Herman Vanberining asarlarida o‘zbek xalqiga, Samarqand, Buxoro va Xiva kabi qadimiy shaharlarimizga buyuk Amir Temur, Alisher Navoiy, Bobur Mirzo kabi buyuk ajdodlarimizga yuksak baho berilganini qadrlaymiz”, deya ta’kidladi davlat rahbari.
Prezident venger yozuvchisi Aran Yanoshning “Ajoyib ohuning hikoyati” asari o‘zbek tiliga tarjima qilinib, nashr etilganini ta’kidladi.
“Xunlarning Sharqdan, bizning bugungi mintaqamizdan kelib chiqqani haqidagi rivoyat tasvirlangan bu asar Vengriyada 2016 venger va o‘zbek tillarida alohida kitob holida nashr etilgani e’tiborga molik. Ushbu she’riy doston yaqinda Toshkentda ham nashr qilindi. Men bu ajoyib asarga so‘zboshi yozdim”, deya ta’kidladi davlat rahbari.
Shundan so‘ng Shavkat Mirziyoyev Viktor Orbanga Aran Yanoshning Toshkentda chop etilgan “Ajoyib ohuning hikoyati” kitobini sovg‘a qildi.
Asarni o‘zbek olimi Ishoq Ibrohim tarjima qilgan.
LiveBarchasi