Mirziyoyev va Japarov yirik kooperatsiya loyihalariga start berdi
Olam
−
18 iyul
6248O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov ikki tomonlama muzokaralar yakunlangach, yirik kooperatsiya loyihalarini ishga tushirish marosimida ishtirok etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida umumiy quvvati 400 megavatt bo‘lgan ikkita quyosh elektr stansiyasi qurilishiga start berilgan. Ushbu stansiyalarda ishlab chiqariladigan elektr energiyasi Qirg‘izistonga yetkazib berilishi ko‘zda tutilgan.
"Chuy viloyatida zamonaviy yengil avtomobillar va tijorat texnikalari ishlab chiqarish zavodi ishga tushirilgan. Xususan, u yerda Cobalt, Oniks va Tracker rusumli yengil hamda yuk avtomobillari yig‘iladi", deyiladi xabarda.
Shuningdek, Qora-Balta shahrida tikuv-trikotaj mahsulotlari va mato ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Korxonaga zamonaviy texnologik uskunalar yetkazib berilib, o‘rnatilgan. O‘zbekiston va Qirg‘iziston Prezidentlari ushbu loyihalar mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.
LiveBarchasi