Mirziyoyev va To‘qayev Ramazon hayiti munosabati bilan bir-birini tabrikladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev  bugun, 13 may kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlat rahbarlari Ramazon hayiti munosabati bilan bir-birini samimiy tabriklab, birodar xalqlarga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladi.

Ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Pandemiya oqibatlariga qaramay, ko‘p qirrali O‘zbekiston-Qozog‘iston hamkorligi yuqori sur’atda rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Joriy yilning birinchi choragida tovar ayirboshlash 28 foizga ko‘paydi, sanoat kooperatsiyasi dasturi muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda, transport va logistika sohasida yirik loyihalar tayyorlanmoqda. Madaniy-gumanitar almashinuv kengayib bormoqda.

Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlikni ta’minlash va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi, shuningdek, ikki tomonlama uchrashuvlar va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasi ko‘rib chiqildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

19

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing