Mirziyoyev va To‘qayev Ichan-qal’ani ziyorat qildi (video)
Jamiyat
−
05 aprel 2024
10699Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev hamrohligida qadimgi Xivaning Ichan-qal’a majmuasi tarixiy obidalari va Nurillaboy saroyini ziyorat qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, “Ochiq osmon ostidagi muzey” bo‘lib tanilgan Xiva yaxlit yodgorlik sifatida Markaziy Osiyoda saqlanib qolgan yagona shahardir. Bu yerda 120 dan ortiq me’moriy obidalar joylashgan.
1990 yilda Xiva shahri UNESCOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan, 1997 yilda uning 2500 yilligi nishonlangan. 2020 yilda shahar Turkiy dunyoning madaniy poytaxti deb e’lon qilindi, 2024 yilda esa Islom dunyosining turizm poytaxti bo‘ldi.
Nurillaboy saroyi XX asr boshlarida bunyod etilgan. Majmua madrasa, 100 dan ortiq xonalar, galereyalardan iborat. Saroy xonalarini bezashda nafaqat xivalik mohir ustalar, balki chet ellik rassom-dekoratorlar ham ishtirok etganlar, ular saroyning sharqona qiyofasiga Yevropaning modern uslubini singdirganlar. Xonalarning ichki ko‘rinish, kaminlari, Venetsiya oynalari va tilla suvi yugurtirilgan bronzadan ishlangan, billur ilgakli qandillari bilan ajralib turadi.Xiva tarixi va uning fan rivojiga qo‘shgan hissasi, shuningdek, hududning boy madaniyati va san’ati haqidagi hikoyalar qozog‘istonlik mehmonlarda katta taassurot qoldirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezidentlar Xivada muzokara o‘tkazgan edi.
LiveBarchasi