Mirziyoyev va To‘qayev 1,2 mlrd dollarlik loyihalarni ishga tushirdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jomart To‘qayev bugun, 15 noyabr kuni Toshkentdagi Ko‘ksaroy qarorgohida videokonferensiya rejimida qo‘shma loyihalarni ishga tushirish marosimida ishtirok etdi. Ikki davlat rahbarlarining matbuot xizmatlari xabar berdi.

Ishga tushirish uchun sanoat, qurilish, neft-gaz kimyosi, moliya, logistika va turizm sohalarida umumiy qiymati 1,2 mlrd dollarlik 7 loyiha tayyorlangan edi.

Prezidentlar ramziy tugmani bosish orqali Sirdaryo va Turkestan viloyatlaridagi “Markaziy Osiyo” Xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi, Toshkentdagi “Tenge Bank”ning bosh ofisi, Toshkent viloyatidagi ko‘p tarmoqli logistika markazi qurilishi, Yangi Toshkentdagi “Ostana” turarjoy majmuasi, Qashqadaryo viloyatidagi liney alkilbenzol ishlab chiqaruvchi neft-gaz kimyo majmuasi, Yangi Toshkentdagi “Ostana” mehmonxonasi hamda Qozog‘iston poytaxtidagi “Toshkent” mehmonxonasi faoliyatini boshlab berdi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 14 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev davlat tashrifi bilan Toshkentga kelgandi. U yangi “Toshkent-Humo” aeroportiga qo‘ngan ilk xorijiy davlat yetakchisi bo‘ldi.  Aeroportda To‘qayevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Davlat rahbarlari o‘sha yerda suhbat o‘tkazdi. Bugun, 15 noyabr kuni Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev o‘rtasidagi tor doirada muzokaralar o‘tkazdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing