Mirziyoyev va Rahmon O‘zbekistonning Dushanbedagi elchixonasi yangi binosini ochib berdi
Jamiyat
−
19 aprel
5287O‘zbekiston Prezidentining Tojikistonga davlat tashrifi doirasida mamlakatning Dushanbe shahridagi elchixonasi yangi binosining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbarlari ramziy tasmani kesib, O‘zbekiston diplomatik vakolatxonasi binosini ochib berdi. Ikki mamlakat davlat madhiyalari yangradi.
Prezidentlar elchixona binosida diplomatlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Qayd etilishicha, elchixonada mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirishga qaratilgan ishlarni samarali tashkil etish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon elchixona Faxriy mehmonlar kitobiga o‘z tilaklarini yozib qoldirdi.
LiveBarchasi