Mirziyoyev va Putin gaplashib oldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 13 yanvar kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda O‘zbekiston Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.

Suhbatda davlat rahbarlari O‘zbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining joriy holati va istiqbollarini muhokama qilgani aytilmoqda.

Oliy darajada o‘tgan uchrashuvda erishilgan kelishuvlar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani mamnuniyat bilan ta’kidlangan. 

Turli darajalardagi delegatsiyalarning o‘zaro tashriflari faollashgan. 2021 yil yakunlariga ko‘ra tovar ayirboshlash hajmi 33 foizga oshgan.

Hududlararo yo‘nalishda, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi munosabatlar faol rivojlanmoqda.

Tomonlar O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligiga bag‘ishlangan turkum tadbirlar o‘tkazish muhim ekanini qayd etganlar. 

Yaqinda Qozog‘istonda ro‘y bergan voqealar nuqtai nazaridan Markaziy Osiyodagi vaziyat yuzasidan ham fikr almashilgan. 

Qozog‘iston rahbariyati tomonidan ushbu mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni tiklash, vaziyatni barqarorlashtirish borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar qo‘llab-quvvatlangan. 

Telefon orqali muloqot har doimgidek iliq, samimiy va do‘stona ruhda o‘tgani qayd etilmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

713

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing