Mirziyoyev va Berdimuhamedov “Toshkent” bog‘ini ochib berdi

Jamiyat

image

Bugun, 21 oktyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov Ashxoboddagi “Toshkent” bog‘ini tantanali ochib berdi.

2021 yilning 17 fevral kuni Turkmanistonning o‘sha paytdagi Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekistonning o‘sha vaqtdagi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan uchrashuvi chog‘ida Ashxobodda “Toshkent” bog‘ini barpo etilishini ma’lum qilgandi.

“Toshkent” istirohat bog‘i Ashxobod shahrining tarixiy markazida — sobiq “Gunesh” bog‘i o‘rnida, Maxtumquli shoh ko‘chasi bo‘ylab joylashgan. Bu joy o‘ta ko‘rkam, gavjum va yashil maydonlarga boy. Uning hududida Vazirlar Mahkamasi, sirk va drama teatri binolari joylashgan. 

Bog‘ni qurish uchun Turkmaniston byudjetidan 21 million 150 ming manat (6,43 million dollar) ajratildi. Taxminan 28,6 ming metrkvadrat maydonda yashil maydonlar, gulzorlar va yo‘laklardan iborat landshaft barpo etildi, O‘zbekiston poytaxtining diqqatga sazovor joylarining miniatyura nusxalari bo‘lgan 20 dan ortiq ob’ektlar barpo etildi.

Bu yerda Toshkentdagi “Mustaqillik” maydoni, Oloy bozori, Toshkent teleminorasi va yana ko‘plab o‘zbekona maket va dekoratsiyalarni uchratish mumkin. Umuman, bog‘da odam o‘zini xuddi Toshkentda yurgandek his etishi uchun barcha muhit yaratilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

138

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing