Mirziyoyev va Berdimuhamedov Islom Karimov qabrini ziyorat qildi

Jamiyat

image

Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning Samarqandga tashrifi Islom Karimov maqbarasi ziyoratidan boshlandi. U Prezident Shavkat Mirziyoyev hamrohligida majmuaga borib, Birinchi Prezident qabriga gul qo‘ydi. Qur’on oyatlari o‘qilib, duo qilindi.

Shundan so‘ng, turkmanistonlik mehmonlar Mirzo Ulug‘bek muzey-majmuasini borib ko‘rdi.

Ushbu majmua buyuk olim qurdirgan rasadxona yonida tashkil etilgan. Muzey ikki zal va olti bo‘limdan iborat. Undan Mirzo Ulug‘bek davriga oid yuzdan ziyod ashyolar, kitoblar, qo‘lyozmalar, asl nusxadagi kvadrant asbobi o‘rin olgan.

Mirzo Ulug‘bekning nodir rasadxonasi, yuksak ilmu zakovati mehmonlarda katta taassurot qoldirgan.

O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari Amir Temur maqbarasini ham ziyorat qilgan. Go‘ri Amirda Sohibqiron ruhiga Qur’on tilovat qilingan.

Mehmonlarga buyuk Sohibqironning hayoti, sarkardalik mahorati, ulkan davlati haqida so‘zlab berilgan. Ma’lumki, Amir Temur o‘zi idora qilgan o‘lkalarda ilm, madaniyat, savdo va hunarmandchilikni rivojlantirgan, mustahkam obidalar qurdirgan. Xususan, hozirgi Markaziy Osiyo davlatlarida Sohibqironning merosi alohida qadrlanadi.

Davlat rahbarlari Registon majmuasiga hvs tashrif buyurgan.

Majmuadagi uch muhtasham obida – Mirzo Ulug‘bek, Sherdor va Tillakori madrasalarining tarixi haqida so‘zlab berilgvn. O‘zbek xalqining me’morchilik an’analari, maqbaralardagi naqshlar va ulardagi ma’nolar mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otgan.

Shavkat Mirziyoyev va Serdar Berdimuhamedov shu yerda esdalik uchun suratga tushgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

120

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing