Mirziyoyev va Abdulfattoh as-Sisi bir-birini Qurbon hayiti bilan qutladi

Jamiyat

image

Bugun, 28 iyun kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Misr rahbari Abdulfattoh as-Sisi o‘rtasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi. 

Davlat rahbarlari bir-birini Qurbon hayiti bayrami bilan samimiy qutlagan hamda O‘zbekiston va Misr xalqlariga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilaklarini bildirgan.

Shuningdek, joriy yilning fevral oyida Qohiraga oliy darajadagi rasmiy tashrif chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilgan.

Muntazam va samarali muloqotlar tufayli O‘zbekiston bilan Misr o‘rtasidagi keng qamrovli hamkorlik munosabatlari aniq mazmun bilan boyib borayotgani qayd etilgan.

Bundan tashqari, tovar ayirboshlash hajmini oshirish, ikki mamlakat yetakchi kompaniyalari ishtirokidagi qo‘shma investitsiya loyihalari va sanoat kooperatsiyasi dasturlarini ilgari surish bo‘yicha choralar ko‘rish masalalari muhokama qilingan.

O‘zbekiston va Misr yetakchilari madaniy-gumanitar almashinuvni yanada faollashtirish muhimligini ham ta’kidlagan. Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar ham ko‘rib chiqilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 20-21 fevral kunlari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Misr poytaxti Qohira shahriga borgandi. Davlat rahbarini Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi kutib oldi. Qohiradagi “Al-Ittihodiya” saroyida ikki davlat yetakchilarining muzokaralari bo‘lib o‘tdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston Misr Abdulfattoh as-Sisi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made