Mirziyoyev O‘zbekistondan ketayotgan Xitoy elchisini quruq qo‘l bilan qaytarmadi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 6 fevral kuni mamlakatdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Xitoy Xalq Respublikasining Favqulodda va Muxtor elchisi Szyan Yanni qabul qildi.

Uchrashuvda davlat rahbari elchining O‘zbekiston-Xitoy do‘stlik va har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashdagi sermahsul ishlari va faol sa’y-harakatlarini mamnuniyat bilan qayd etgan.

“Keyingi bir necha yilda tovar ayirboshlash ikki barobar ko‘paydi, qo‘shma loyiha va korxonalar soni uch barobarga oshdi. Yirik investitsiya va infratuzilma loyihalari amalga oshirilmoqda. “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘lini qurish loyihasini ilgari surish bo‘yicha amaliy hamkorlik boshlandi.

Madaniy-gumanitar almashinuvlar kengaymoqda, ta’lim, sog‘liqni saqlash, arxeologiya, turizm va boshqa yo‘nalishlarda muhim dasturlar ro‘yobga chiqarilmoqda”, deyiladi Prezident Matbuot xizmati xabarida.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan ikki tomonlama munosabatlarda bugungi darajaga erishilishiga qo‘shgan shaxsiy hissasi uchun elchi Szyan Yan mamlakatning yuksak davlat mukofoti – “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan. Mukofotni shaxsan Prezident Mirziyoyevning o‘zi topshirgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing