Mirziyoyev O‘zbekistondagi oilalarning qanchasi o‘ziga to‘qligini aytdi
Jamiyat
−
19 aprel 2022
22122O‘zbekistonda istiqomat qiladigan 35,3 million aholining 36 foizi iqtisodiy ahvoli yaxshi, o‘ziga to‘q oilalar hisoblanadi. Bu haqda bugun, 19 aprel kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallabay ishlash tizimi natijadorligini oshirish hamda aholi bandligini ta’minlash masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, hokim yordamchilari uch oy davomida 35,3 million aholi yashaydigan 6 million 900 ming xonadonni to‘liq xatlovdan o‘tkazib, ularni 4 ta toifaga ajratgan. Bular:
• 11 foizi – kam daromadli;
• 47 foizi – doimiy daromadi bo‘lgani bilan qo‘shimcha daromadga ehtiyoji bor;
• 6 foizi – ijtimoiy himoyaga muhtoj;
• 36 foizi – iqtisodiy ahvoli yaxshi, o‘ziga to‘q oilalar hisoblanadi.
Yangi tizim orqali har bir hokim, uning iqtisod bo‘yicha 1-o‘rinbosari va hokim yordamchilari aholining 64 foizi bilan manzilli ishlash kerakligini bilib olgan.
Bu borada, joylardagi mutasaddi rahbarlar va hokim yordamchilari birinchi va ikkinchi toifadagi xonadonlar bilan ishlab, 3 oyda 736 ming nafar fuqaroning bandligi ta’minlangan va 54 ming nafar fuqarolarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitgan.
LiveBarchasi