Mirziyoyev O‘zbekiston IHT raisligiga tayyorligini ma’lum qildi 

Jamiyat

image

Avvalroq, Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan Turkmanistonga tashrif buyurgani hamda Ashxobod shahrida bo‘lib o‘tayotgan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammitida ishtirok etayotgani haqida xabar bergandik.

Prezident Matbuot kotibining xabar berishicha, ayni vaqtda davlat rahbari mazkur sammit doirasida nutq so‘zlamoqda. 

Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovga anjumanni yuksak saviyada tashkil etgani va samimiy mehmondo‘stligi uchun minnatdorchilik bildirib, O‘zbekiston tashkilot doirasida keng qamrovli aloqalarni yanada rivojlantirish tarafdori hamda bo‘lajak raislik vazifasini samarali amalga oshirish niyatida ekani ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston kelgusi, 2022 yilda Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga raislik qiladi. Bundan tashqari, kelasi yilda O‘zbekiston Shanxay hamkorlik tashkilotiga ham raislik qiladi.

Ma’lumot uchun, IHTga 1985 yilda uch davlat: Eron, Pokiston va Turkiya tomonidan asos solingan. 1992 yilda ushbu xalqaro tashkilotga yana 7 ta davlat a’zo bo‘lgan. Bular: Ozarbayjon, Afg‘oniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

641

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing