Kurs UZS

USD

12 969.56

-10.77

EUR

14 768.44

-10.96

RUB

157.09

2.58

Mirziyoyev O‘zbekiston ayollarini bezovta qilayotgan eng katta masala nimaligini aytdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakat ayollarini bezovta qilayotgan eng katta masala ishsizlik ekanini aytdi. Bu haqda u bugun, 7 mart kuni Ko‘ksaroy qarorgohida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bo‘lib o‘tgan tantanali marosimda so‘z ochdi. 

U xotin-qizlar bandligini ta’minlash va tadbirkorlikka jalb etish bo‘yicha katta dasturlar amalga oshirilayotganini bildirdi. O‘tgan yilning o‘zida bu maqsadlarga 17 trillion so‘m kredit ajratilgan. Ana shunday e’tibor tufayli ayol tadbirkorlar o‘tgan yili 81 trillion so‘mlik mahsulot yaratib, 450 million dollarlik eksportni amalga oshirgan. Masalan, Navoiy shahrida qandolat va non mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tadbirkor Shahnoza Karimova 50 nafar ehtiyojmand xotin-qizni o‘qitib, ishga olgan. Shulardan 10 nafariga uy-joy sotib olish uchun boshlang‘ich to‘lovni to‘lab bergan.

Mirziyoyev bir guruh xotin-qizlarni mukofotladi (foto) north_east

Mirziyoyev bir guruh xotin-qizlarni mukofotladi (foto)

“Eng muhimi, bunday saxovatpesha tadbirkor ayollar barcha hududlarimizda ko‘plab topiladi. Ular “Men – bunyodkor ayolman” degan loyihani ilgari surib, mahallalarda minglab ayollarni kasb-hunarga o‘qitib, daromadli qilish tashabbusini bildirgani, to‘g‘risi, meni juda ruhlantirdi.

Men o‘ziga katta ijtimoiy mas’uliyat olgan mana shunday ishbilarmon xotin-qizlarni “Yangi O‘zbekistonning bunyodkor ayollari” deb bilaman va ularga chuqur minnatdorlik izhor etaman. Ularga qanday qo‘shimcha sharoit va yengilliklar kerak bo‘lsa, yaratib berishga tayyorman.

Prezident shu boradagi amaliy qadam sifatida Savdo-sanoat palatasi huzurida Tadbirkor ayollar kengashини tashkil etishni taklif qildi. Ushbu kengash joylarda ayol tadbirkorlarni qiynayotgan hayotiy muammolarni hal qilish bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri parlament oldiga masala qo‘yadi. Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Nodira Shotursunova bu ishlarga bosh-qosh bo‘lishi aytildi.

Bildirilishicha, bu yil 2 million nafar ayollar bandligini ta’minlash, shundan 1 million 300 ming nafar xotin-qizni tadbirkorlikka jalb etish bo‘yicha katta marralar olingan. Buning uchun tijorat banklari tomonidan ayollar tadbirkorligini rivojlantirish uchun qulay moliyaviy paketlar taqdim etiladi.

Misol uchun, “Milliy bank” xizmatlar sohasida kamida 200 ming nafar xotin-qizning loyihalariga ko‘maklashadi. “Turonbank” ATB limonchilikda 150 ming nafar ayollar daromad topishi uchun arzon kreditlar taqdim etadi. Xuddi shuningdek, “Mikrokreditbank” ATB parrandachilikda – 160 ming nafar, “Sanoat qurilish bank” ATB (A.Akbarjonov) sabzavot va ko‘chatlar yetishtirishda – 160 ming, “Xalq banki” uzum, brokkoli va mahalliy karam yetishtirishda – 150 ming, “Agrobank” bog‘dorchilik yo‘nalishida – 144 ming, “Biznesni rivojlantirish banki”  ko‘kat, bulg‘or qalampiri, baqlajon va pomidor yetishtirishda – 94 ming, “Asakabank” farmatsevtika va uzumchilikda – 82 ming, “Aloqabank” IT, asalarichilik va mevali ekinlar yetishtirishda 58 ming nafar ayollarimizni band etishga ko‘maklashadi.

Shu maqsadda bu yil mahallalarda ayollar tadbirkorligi loyihalari uchun qo‘shimcha 3,3 trillion so‘m ajratiladi. Xususan, oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida yana 100 million dollar beriladi. Bunga qo‘shimcha ravishda tijorat banklari ham 100 million dollar jalb qilib, mahallalarda o‘zini o‘zi band qilgan xotin-qizlarga 50 million so‘mgacha garovsiz kreditlar ajratadi.

O‘tgan yili tashkil etilgan “Hamroh” kompaniyasi yangi tizim asosida Tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlash dasturini boshlagan edi. Bu loyihaga ham 100 million dollar ajratilgan. Kreditini vaqtida to‘lagan ayol tadbirkorlarga ushbu dastur doirasida 100 million so‘mgacha garovsiz kredit berish boshlanadi.

Shuningdek, mahallada 5 nafar ayolni biznesga olib kirgan 1 ming nafar “ustoz” tadbirkorlarga 50 million so‘mgacha grant ajratiladi.

Markaziy bank tijorat banklari bilan birga ikki oy muddatda banklarda xotin-qizlar uchun yangicha yondashuv asosida moliyaviy xizmatlarni yo‘lga qo‘yish uchun mas’ul bo‘ladi. Masalan, tug‘ruq ta’tiliga chiqqan ayollar uchun bank kreditlari bo‘yicha to‘lovlar muddati 10 oygacha uzaytiriladi.

O‘zbekistondagi 1,5 mln ayolda skrining o‘tkaziladi north_east

O‘zbekistondagi 1,5 mln ayolda skrining o‘tkaziladi

“Endi ayollar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha 4 bosqichli yangi tizimni yo‘lga qo‘yamiz.

Birinchi bosqichda biznesga qiziqqan, lekin ko‘nikmasi bo‘lmagan 20 ming nafar xotin-qiz tadbirkorlikka o‘qitiladi. Bunga Savdo-sanoat palatasi (D.Vahobov, N.Shotursunova) mas’ul bo‘ladi.

Ikkinchi bosqichda “Xalq banki” (Sh.Otaboyev, G.Rashidova) o‘zini o‘zi band qilgan 100 ming nafar ayolning kichik tadbirkor bo‘lishi uchun ko‘maklashadi.

Uchinchi bosqichda har bir tumanda 2 tadan kichik korxonani namunali o‘rta biznes darajasiga olib chiqishga “Hamroh” kompaniyasi (D.Nurmatova) mas’ul bo‘ladi.

To‘rtinchi bosqichda Savdo-sanoat palatasi (D.Vahobov) eng faol 50 nafar ayol tadbirkorni yillik aylanmasi 100 milliard so‘mdan oshadigan “chempion tadbirkor”ga aylantiradi”, dedi Prezident.

Qayd etilishicha, joriy yilda 60 ta tumanni “ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hudud”ga aylantirish bo‘yicha katta marra olingan. Bunga qo‘shimcha ravishda hokimlar har bir viloyatning 2 tadan tumanini ishsiz ayollar qolmaydigan hududga aylantirish uchun mas’ul bo‘ladi. Umuman, 2025 yil ayollar bandligini ta’minlashda hal qiluvchi yil bo‘ladi.

Xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, ishli qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish hisobidan 2 million nafar ayolning bandligi ta’minlanadi.

“Bunda Markaziy bank (T.Ishmetov) tijorat banklari bilan 1 million 300 ming nafar, Kasaba uyushmalari federatsiyasi (Q.Rafiqov) “Ayollar daftari”ga kiritilgan 636 ming, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi (Z.Mahkamova) tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan 100 ming nafar xotin-qizni o‘qitib, ish bilan ta’minlash va biznesini ochishga ko‘maklashish uchun mas’ul bo‘ladi.

Zulayho Mahkamova, Qudratilla Rafiqov bugun aytilgan har bir yo‘nalish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini viloyat, tuman, mahalla darajasida samarali tashkil etishga mas’ul bo‘ladi.

Senat Raisi Tanzila Norboyeva mahalliy kengashlar bilan birga bu ishlarni tizimli nazoratga olib, mas’ullar ishtirokida ularni muntazam muhokama qilib boradi”, dedi Mirziyoyev.


Maqola muallifi

Teglar

tadbirkorlik Shavkat Mirziyoev O'zbekiston xotin-qizlar ayollar ishsizlik ayol tadbirkorlar ayollar ishsizligi ayollar tadbirkorligi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing