Mirziyoyev tadbirkorlar bilan muloqoti bo‘yicha Umurzoqovga topshiriq berdi
Jamiyat
−
22 avgust 2022
11527O‘zbekiston Prezidenti huzurida Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Jamoatchilik kengashi tuziladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev bugun, 22 avgust kuni tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti chog‘ida aytib o‘tdi.
Shavkat Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, muloqot chog‘ida aytilgan barcha takliflarni amalga oshirish uchun Prezident huzurida Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Jamoatchilik kengashi tuziladi.
Prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umumrzoqovga ikki hafta muddatda ushbu kengash ishini tashkil qilish topshirildi.
Shundan so‘ng, Shavkat Mirziyoyev so‘zini yakunlab, tadbirkorlar bilan fikr almashishni boshladi va ularning taklif va tashabbuslarini tinglamoqda.