Mirziyoyev Turkmanboshiga yetib bordi. Uni “Arqadag‘” kutib oldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 4 avgust kuni Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga yetib bordi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Turkmanboshi shahri aeroportida davlat rahbarini Turkman xalqining milliy yetakchisi, Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov kutib oldi.

O‘zbekiston yetakchisi ertaga, 5 avgust kuni BMTning Dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha uchinchi konferensiyasida, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rish masalalariga bag‘ishlangan maxsus tadbirda ishtirok etadi hamda qator ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazadi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Gurbanguli Berdimuhamedov Turkmaniston Markaziy Osiyo Turkmanboshi BMTning Dengizga chiqish imkoni bo'lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo'yicha uchinchi konferentsiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing