Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidentini qabul qildi

Jamiyat

image

Bugun, 1 may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga kelgan Turkiya Respublikasi vitse-prezidenti Javdat Yilmaz boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Suhbat avvalida Javdat Yilmaz davlat rahbariga Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning salomi va ezgu tilaklarini yetkazgan.

Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlari va ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilgan. Faol muloqotlar barcha darajalarda davom etayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etilgan. 

"Tovar ayirboshlash hajmi, qo‘shma loyiha va korxonalar soni, to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar ko‘paymoqda. Turkiyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida energetika, konchilik, oziq-ovqat, to‘qimachilik va boshqa ustuvor tarmoqlarda yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda", deyiladi xabarda.

Oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining bo‘lajak navbatdagi yig‘ilishi kun tartibini tayyorlash, eng avvalo, kooperatsiya loyihalarining yangi portfeli va madaniy-gumanitar almashinuv dasturini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya O'zbekiston Mirziyoev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing