Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti bilan uchrashdi
Jamiyat
−
15 may 4236 2 daqiqa
Bugun, 15 may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti Javdat Yilmaz boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Prezindet matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuv avvalida Yilmaz O‘zbekiston rahbariga Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning salomi va samimiy tilaklarini yetkazdi.
O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini, eng avvalo, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda yanada kengaytirish va mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi. Turli darajalarda faol muloqot va almashinuvlar davom etayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
Bugun Toshkent shahrida o‘tgan Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi, biznes muloqoti va ko‘rgazmaning samarali natijalari yuksak baholandi.
Tovar ayirboshlashni, shu jumladan Imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim doirasida tovarlar nomenklaturasini kengaytirish orqali yanada ko‘paytirish bo‘yicha o‘zaro muvofiqlashgan choralar ko‘rish muhim ekani ta’kidlandi.
Innovatsiyalar, energetika, sanoat, farmatsevtika, to‘qimachilik, turizm, ta’lim va boshqa sohalarda qo‘shma loyihalarni ilgari surish, kooperatsiya loyihalarining yangi portfeli va madaniy-gumanitar almashinuv dasturini shakllantirish zarurligi ta’kidlandi.
Oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yig‘ilishi kun tartibini tayyorlashga alohida e’tibor qaratildi.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 15 may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida maktab ta’limi tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi ham bo‘lib o‘tgan edi. Xususan, unda O‘zbekistondagi maktablarda 60 ming o‘qituvchi hozirda 8-12 million so‘m maosh olayotgani ta’kidlandi.
Live
Barchasi