Mirziyoyev Turkiya bilan mahkumlarni almashish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Respublikasi Hukumati o‘rtasida mahkumlarni topshirish to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilish haqida”gi Qonunni imzoladi. 

Hujjat Qonunchilik palatasi tomonidan 2022 yil 18 oktyabrda qabul qilingan. Senat tomonidan 2022 yil 27 dekabrda tasdiqlangan.

Mazkur xalqaro bitimni ratifikatsiya qilish haqidagi Qonun O‘zbekiston va Turkiya fuqarolariga sud tomonidan tayinlangan jazoni o‘z mamlakatida o‘tash uchun huquqiy asos va imkoniyat yaratadi.

Ushbu huquqiy hujjatga ko‘ra mahkumlar qonunda belgilangan tartib-taomillarga muvofiq kelishayotgan tomonlarning murojaatlari asosida beriladi.

Muhokama chog‘ida senatorlar mahkumlarning jazoni o‘z yurtida va jamiyatida o‘tashi ularga yaqinlari bilan muntazam ko‘rishib turish imkonini berishini, bu esa oilaviy munosabatlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini, shuningdek, mahkumlarning jamiyat ijtimoiy hayotiga moslashishiga yordam berishini alohida ta’kidladi.

Senatda ta’kidlanishicha, Qonun qabul qilinishi fuqarolarning huquq va manfaatlarini yanada samaraliroq himoya qilish imkonini beradi, respublikaning xalqaro maydondagi ijobiy nufuzini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu Bitim 2022 yil 30 mart kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning O‘zbekiston Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida imzolangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing