Mirziyoyev Tunis xalqiga hamdardlik bildirdi

Jamiyat

image

Kecha, 25 iyul kuni Tunis Prezidenti Al-Bojiy Qoid as-Sibsiy mamlakat poytaxtidagi harbiy gospitalda vafot etgani haqida xabar bergan edik. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tunis xalqiga hamdardlik bildirdi. 

Mirziyoyev Tunis Respublikasi Xalq vakillari Assambleyasi raisi Muhammad Nosirga va mamlakat xalqiga Prezident Al-Bojiy Qoid as-Sibsiy vafot etgani munosabat bilan ta’ziya yo‘lladi.

Siyosatchi 92 yoshda bo‘lgan.

Oxirgi oylarda Tunis Prezidenti salomatligidagi muammolar sabab bir necha marta shifoxonaga yotqizilgandi. U 2014 yildan beri mamlakat Prezidenti lavozimida faoliyat yuritayotgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev hamdardlik Tunis xalqiga

Baholaganlar

18

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing