Mirziyoyev To‘qayev bilan tor doirada uchrashuv o‘tkazdi

Olam

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev tor doirada muzokara o‘tkazdilar.

Uchrashuv avvalida O‘zbekiston rahbari qozog‘istonlik mavqedoshi va ko‘p millatli Qozog‘iston xalqini 16 dekabr kuni nishonlangan Mustaqillik kuni bilan samimiy tabriklagan.

Yetakchilar ushbu muzokaralar O‘zbekiston-Qozog‘iston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari rivojiga yangi kuchli sur’at bag‘ishlashiga ishonch bildirdilar.

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston O‘zbekistonning eng yaqin va ishonchli hamkori ekanini ta’kidlagan.

“O‘zbek va qozoq xalqlari – nafaqat yaqin qo‘shni, balki mushtarak tarixiy meros, madaniy va ma’naviy qadriyatlar bilan bog‘langan qardoshlardir. Bu bizning bebaho boyligimiz, biz uni qadrlaymiz va qadrlashda davom etamiz. Bizning taqdirimiz bir, kelajagimiz ham umumiy, men bunga ishonaman”, degan Shavkat Mirziyoyev.

Qayd etilishicha, siyosiy, savdo-iqtisodiy, energetika, qishloq xo‘jaligi, suv va boshqa sohalardagi munosabatlarni tubdan kengaytirish masalalari muzokaralarning asosiy mavzusi bo‘lgan.

Keyingi olti yilda hamkorlikning barcha yo‘nalishlarida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishilgani ta’kidlangan. Ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari, hududlari o‘rtasidagi muloqotlar muntazamlik kasb etgan.

Davlat rahbarlari qariyb 5 milliard dollarga yetgan o‘zaro savdo hajmi jadal ortib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etgan. Yirik kooperatsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

Mintaqaviy va xalqaro kun tartibi yuzasidan fikr almashildi, Markaziy Osiyoning barqaror taraqqiyotini ta’minlash masalalari muhokama qilingan.

Ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni bundan buyon ham davom ettirishga intilish qat’iy ekani ta’kidlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

32

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing